1AI

Maxfiylik siyosati

Kuchga kirgan sana: 2026-yil 6-oktabr

Ushbu siyosat 1ai.uz sayti va 1AI sun'iy intellekt xizmati (keyingi o'rinlarda — «1AI», «biz») sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni qanday yig'ishi, ishlatishi, saqlashi va himoya qilishini tushuntiradi. Xizmatdan foydalanish orqali siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz.

1. Biz qanday ma'lumotlarni yig'amiz

Akkaunt ma'lumotlari. Email orqali kirsangiz — email manzilingiz. Google orqali kirsangiz — Google bergan ism, email manzil va profil rasmi. Biz parol ishlatmaymiz va parol saqlamaymiz.

Mehmon rejimi. Ro'yxatdan o'tmasdan yozsangiz, brauzeringizga anonim identifikator (cookie) beriladi. Bu holatda email yoki ism so'ralmaydi.

Suhbatlar. Siz yozgan xabarlar, AI javoblari, suhbat sarlavhasi, vaqti, ishlatilgan model va token soni.

Foydalanish hisobi. Kunlik xabarlar va tokenlar soni — kunlik limitni hisoblash uchun.

Texnik ma'lumotlar. IP manzil va brauzer turi (user-agent) — kirish sessiyasi xavfsizligi, suiiste'molga qarshi kurash va server jurnallari uchun.

Qurilmangizdagi sozlamalar. Mavzu, interfeys tili, tanlangan rejim va yon panel holati brauzeringizda (cookie va localStorage) saqlanadi.

Ovoz bilan yozish. Mikrofon tugmasi brauzeringizning o'z nutqni tanish xizmatidan foydalanadi (masalan, Google Chrome'da — Google xizmati). Ovoz yozuvi 1AI serverlariga yuborilmaydi — bizga faqat tanilgan matn keladi, uni ham siz yuborgandagina.

2. Ma'lumotlardan nima uchun foydalanamiz

  • xizmatni ko'rsatish: savolingizga javob tayyorlash, suhbatlar tarixini saqlash va ko'rsatish;
  • kirish va akkauntni himoya qilish (bir martalik kodlar, sessiyalar);
  • kunlik limitlarni hisoblash va xizmatni suiiste'moldan himoya qilish;
  • xizmat ishonchliligi va sifatini umumlashgan (shaxsni aniqlamaydigan) ko'rsatkichlar asosida yaxshilash;
  • qonun talablarini bajarish.

Biz shaxsiy ma'lumotlaringizni sotmaymiz, reklama maqsadida ishlatmaymiz va suhbatlaringizni AI modellarni o'qitish uchun ishlatmaymiz.

3. Ma'lumotlar kimga uzatiladi

Xizmat ishlashi uchun quyidagi provayderlardan foydalanamiz. Ular ma'lumotlarni faqat xizmat ko'rsatish doirasida va o'z maxfiylik siyosatlariga muvofiq qayta ishlaydi:

  • DeepInfra Inc. (AQSh) — AI javoblarini yaratish. Unga sizning xabaringiz va suhbatning oxirgi qismi (kontekst) yuboriladi; email yoki ismingiz yuborilmaydi.
  • Google LLC — «Google orqali kirish»ni tanlasangiz, autentifikatsiya uchun.
  • Cloudflare, Inc. — DNS, himoya va trafikni sayt serveriga o'tkazish (so'rovlar va IP manzil Cloudflare orqali o'tadi).
  • Hetzner Online GmbH — server va ma'lumotlar bazasi joylashgan data-markaz (Finlyandiya, Helsinki).

Kirish kodlari bilan xatlar 1AI'ning o'z pochta serveri orqali yuboriladi. Qonunda belgilangan hollarda ma'lumotlar vakolatli davlat organlariga taqdim etilishi mumkin.

4. Ma'lumotlar qayerda saqlanadi

Ma'lumotlar bazasi Finlyandiyadagi serverda saqlanadi; AI so'rovlari AQShdagi provayder tomonidan qayta ishlanadi. Xizmatdan foydalanish orqali siz ma'lumotlaringiz O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.

5. Saqlash muddati

  • Akkaunt ma'lumotlari va suhbatlar — akkauntingiz mavjud bo'lgan davr mobaynida.
  • Suhbatni o'chirsangiz, u va undagi barcha xabarlar bazadan darhol o'chiriladi.
  • Bir martalik kirish kodlari 10 daqiqada eskiradi va bazada faqat xesh (shifrlangan iz) ko'rinishida saqlanadi.
  • Mehmon sifatida yozib, keyin ro'yxatdan o'tsangiz, mehmon suhbatlaringiz yangi akkauntingizga ko'chiriladi.
  • Server jurnallari (IP manzil, so'rov vaqti) xavfsizlik uchun cheklangan muddat saqlanadi.

Akkauntingizni va unga bog'liq barcha ma'lumotlarni o'chirish uchun [email protected] manziliga akkaunt emailingizdan yozing — so'rov 30 kun ichida bajariladi.

6. Ma'lumotlarni himoya qilish

  • sayt bilan barcha aloqa HTTPS (shifrlangan) orqali;
  • sessiya cookie'lari httpOnly va secure — skriptlar o'qiy olmaydi, faqat HTTPS orqali yuboriladi;
  • xizmat kalitlari bazada AES-256-GCM bilan shifrlangan;
  • ma'lumotlar bazasiga faqat server ichidan kirish mumkin.

Hech bir tizim mutlaq xavfsiz emas. Zaiflik topsangiz, [email protected] manziliga xabar bering.

7. Cookie va brauzer xotirasi

Biz faqat zarur cookie'lardan foydalanamiz: kirish sessiyasi (1ai.session_token va u bilan bog'liq texnik cookie'lar) va interfeys tili (1ai-lang). Reklama yoki kuzatuv (tracking) cookie'lari ishlatilmaydi. Cookie'larni o'chirsangiz, akkauntdan chiqasiz; mehmon suhbatlaringizga kirish yo'qoladi.

8. Sizning huquqlaringiz

«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq siz quyidagi huquqlarga egasiz:

  • o'zingiz haqingizda qanday ma'lumot qayta ishlanayotganini bilish;
  • noto'g'ri ma'lumotlarni tuzatishni talab qilish;
  • ma'lumotlaringizni o'chirishni talab qilish va rozilikni qaytarib olish;
  • huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, vakolatli organga shikoyat qilish.

So'rovlar uchun: [email protected].

9. Bolalar

Xizmat 16 yoshga to'lmagan shaxslar uchun mo'ljallanmagan. 16 yoshga to'lmaganlar xizmatdan faqat ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi bilan foydalanishi mumkin.

10. O'zgartirishlar

Ushbu siyosat yangilanishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi va yuqoridagi sana o'zgaradi. Muhim o'zgarishlar haqida xizmat ichida xabar beramiz.

11. Aloqa

Savollar: [email protected] · Yordam va ma'lumot so'rovlari: [email protected] · Xavfsizlik: [email protected]